
Server Jeparov - eng yaxshi to‘purar
Bugun "Paxtakor" o‘z maydonida "Andijon"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlarila to‘purar Server Jeparov hisoblanadi. U andijonliklar darvozasiga 8 to‘p kiritishga erishgan.
Sobir Xodiev, Zayniddin Tojiev va Baxtiyor Hamidullaev 7 tadan gol urgan. Dragan Cheran esa qisqa vaqt ichida ushbu jamoa darvozasini 6 bor ishhol qilib ulgurdi. Azamat Abduraimov, Leonid Koshelev, Igor Sergeev hisobida 5tadan gol mavjud. hisobida 5ta to‘p bor. Ravshan Bozorov hamda Dilmurod Nazarov raqib darvozasiga 4 to‘p kiritishni uddalagan. Otabek Pirmatov esa har ikki jamoa uchun gol muallifi bo‘lgan.
"Andijon" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari:
8 - Server Jeparov
7 - Sobir Xodiev, Zayniddin Tojiev, Baxtiyor Hamidullaev
6 - Dragan Cheran
5 - Azamat Abduraimov, Leonid Koshelev, Igor Sergeev
4 - Ravshan Bozorov, Dilmurod Nazarov.
Fikrlar