
Serxio Ramos mashhur qo‘shiqchi bilan duet kuyladi (video)
Madridning "Real" klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos ispaniyalik taniqli qo‘shiqchi Demarko Flamenko bilan musiqiy klipda suratga tushdi. Ta’kidlash lozimki, ushbu qo‘shiq Ispaniya terma jamoasini JCh-2018da qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlab aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya mundialning guruh bosqichida Portugaliya, Marokash va Eron terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar