
Serxio Ramos o‘ziga yangi jamoa tanladi
PSJ bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Serxio Ramos kelasi mavsumni o‘z yurtida boshlashi kutilyapti.
TodoFichaes nashrining ma’lum qilishicha, 37 yoshli himoyachi ayni paytda “Sevilya” bilan muzokara olib bormoqda va kelasi mavsum o‘zini tarbiyalagan mana shu jamoa safida to‘p tepmoqchi.
PSJ ham tajribali o‘yinchini olib qolishga qarshi emas. Biroq, Ramosning oilasi Ispaniyaga ko‘nikkan va futbolchidan yurtga qaytishni talab qilmoqda.
Agar Ramos oilasi talabini bajaradigan bo‘lsa, maoshining katta qismidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Chunki “Sevilya”ning byudjeti ancha kam va “real” yoki PSJ darajasida maosh to‘lay olmaydi.
Fikrlar