
Serxio Ramos o‘ziga yangi jamoa tanladi
“Real”ning sobiq sardori Serxio Ramos PSJdagi ikki yillik faoliyatidan keyin yana Ispaniya chempionatida o‘ynaydigan bo‘lyapti.
Cadena Ser nashrining yozishicha, 37 yoshli markaziy himoyachi o‘zini tarbiyalagan “Sevilya” klubiga qaytadi.
Ramos 2005 yili “Real”ga transfer qilingunga qadar “Sevilya” asosiy tarkibida bir yil to‘p tepgan.
Serxioga Saudiya Arabistoni klublaridan mo‘may daromadli takliflar bo‘layotgan edi. Biroq, ispaniyalik o‘yinchi ularni qabul qilgani yo‘q.
“Sevilya” kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasida o‘ynaydi. Shu bois, Ramos sobiq klubiga qaytmoqchi. Manbalarning ta’kidlashicha, “Sevilya” rahbariyati taniqli himoyachini jamoaga qabul qilish bo‘yicha hali bir qarorga kelgani yo‘q.
Fikrlar