Serxio Ramos PSJ safida qachon maydonga tushadi?

  • 26 oktabr, 2021, 15:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ himoyachisi Serxio Ramos hamon klubda debyut qilib ulgurmaganidan xabaringiz bor.

Yozgi transfer oynasida Parijga ko‘chib o‘tgan ispaniyalik futbolchi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. Bu haqda "Le Parisien" nashri xabar tarqatmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 35 yoshli fulbek juma kuni bo‘lib o‘tadigan "Lill"ga qarshi bahsda ishtirok etmoqchi.

Serxio ikki hafta oldin maydonga tushishi mumkin edi. Biroq eski jarohatining qaytalanish ehtimoli tufayli klub shifokorlari unga bunday qilmaslikni maslahat bergandi. Bosh murabbiy jamoa yulduzi bilan tavakkal qilmay, 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Leyptsig"ga qarshi o‘yinga asrashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ramos 16 yillik faoliyatidan keyin "Real" Madriddan Parij klubi safiga kelib qo‘shilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!