Serxio Ramosning navbatdagi jamoasi ma’lum

  • 17 aprel, 2022, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Uzoq yillar “Real” sardori bo‘lgan Serxio Ramosning Frantsiyadagi faoliyati o‘zi istagandek chiqmadi. PSJ bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan ispan himoyachisi jarohatlar tufayli ko‘p vaqtini maydondan tashqari o‘tkazyapti.

Bu holat, klub rahbarlarigaham, jamoa muxlislariga ham yoqmayapti.

Shunga qaramay, AQSh chempionati vakili – “Inter Mayami” xo‘jayini Devid  Bekxem 36 yoshli futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda va yozda uni o‘z jamoasiga olib o‘tishga harakat qilyapti.

Ramosning parijliklar bilan shartnomasi yana bir yil davom etadi. PSJ mutasaddilari yozda bu futbolchini sotib yuborishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!