"Sevilya" "Bordo"ning eng yaxshi to‘purarini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 23 iyun, 2019, 09:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning “Bordo” klubi yarim himoyachisi Fransua Kamano faoliyatini “Sevilya”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra andalusiyaliklar hozircha futbolchining o‘ziga biror bir taklif bilan chiqishmagan, ammo frantsuz klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishishgan. Shu bois agar La Liga grandi yaxshi taklif bilan chiqsa, “Bordo” Kamanoni ushlab o‘tirmaydi.

Xabarlarga qaraganda gvineyalik futbolchiga shuningdek “Sautgempton” ham jiddiy xaridor bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Kamano o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 10ta gol urdi va “Bordo”ning mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!