
"Sevilya" etakchilaridan biri MYuga qarshi javob bahsini o‘tkazib yuboradi
“Sevilya” klubi yarim himoyachisi Xesus Navas jamoasining yaqinlashib kelayotgan "Valensiya" hamda "Manchester Yunayted"ga qarshi bahlarida yordam bera olmaydi. Bu haqda andalusiyaliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha 32 yoshli futbolchi son mushaklaridan olgan jarohatini davolash bilan band.
Eslatib o‘tamiz, “Sevilya” dastlab 10 mart kuni La Liganing 28-turi doirasida “Valensiya” bilan kuch sinashsa, keyinroq oradan uch kun o‘tib "Old Trafford"da EChL 1/8 final bosqichi javob bahsida "Manchester Yunayted" mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar