
"Sevilya" qo‘shimcha daqiqalarda gol urib g‘alabani ilib ketdi (video)
Ispaniya La Ligasining 4-turida “Sevilya” o‘z maydonida “Levante”ni qabul qildi.
“Raul Sanches Pisxuan” stadionida kechgan bellashuvda 90 daqiqa ichida hisob ochilmadi. Ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida mezbonlar a’zosi Yussef En-Nesiri gol urib jamoasiga muhim uch ochkoni keltirdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar