
Shahram G‘iyosov 26 aprel kuni ringga ko‘tariladi
24 fevral kuni hamyurtimiz Shahram G‘iyosov Meksikaning Tixuana shahrida tashkillashtirilgan boks kechasida mezbon bokschi Edgar Puertaga qarshi ringga ko‘tarilgandi va muddatidan avval g‘alabaga erishgandi.
- Keyingi jangim tajribali va kuchli jangchiga qarshi bo‘lishi aniq. Ta’kidlashim joizki, bo‘lajak raqibim, Mattis va Pakyao bilan chempionlik kamari uchun kuch sinashgan bokschi bo‘ladi. Bellashuv 26 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda, - dedi Shahram G‘iyosov SPORTS.uz sayti muhbiri bilan muloqotda.
Eslatib o‘tamiz, G‘iyosov professional faoliyatida ettita jang o‘tkazib ettinchi g‘alabani rasmiylashtirdi. U janglarining 6tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Fikrlar