
Shahram G‘iyosov AQShda mezbon bokschini engdi va interkontinental kamarini qo‘lga kiritdi
Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov bugun o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Uning bu safargi raqibi AQShlik Emmanuel Teylor bo‘ldi. AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan 10 raundlik boks jangida hakamlar (99-91, 99-91, 97-93) bir ovozdan hamyurtimizni g‘olib deb e’lon qildi. Shu tariqa bokschimiz interkontinental kamarini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov shu paytgacha professional boksda ettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan edi.
Fikrlar