Shahram G‘iyosov Shohjahon Ergashevning tanqidiga: "Hamma biladi kim qaysi restoranda urishganini"

  • 7 iyul, 2023, 11:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Shaxram G‘iyosov SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida Shohjahon Ergashevning o‘zi haqidagi tanqidiga javob berdi. 
 
-Shohjahon Ergashev jangingiz tugashi bilan ijtimoiy tarmoqlarda sizning raqibingizni restoranlarda urishib yurgan, ana gapiringlar uni ham, degan "story" joyladi. Sizni bunga munosabatingiz qanday?
 
-Bu haqida men gaplashmoqchi emasman. Hamma biladi kim qaysi restoranda urishib yurganini ham, qaysi davlatlarda urishib yurganini ham. Raqibim 27-0, ring ham ko‘rsatti qanaqa kuchga ega ekanini. DAZN'da hamma bokschilar tushavermaydi, eliminatorga (jahon chempionlik kamari uchun saralash jangi) "prostoy sopernik" bermaydi. Endi har xil qarash borda. Bir xillar havas ko‘zi bilan qaraydi, bir xillar hasad ko‘zi bilan qaraydi. Men har doim havas ko‘zi bilan qarashga harakat qilaman va hammaga doim omad tilayman. Men bu gapga e’tibor ham bermayman. Buni vaqt ko‘rsatadi. Mana unga ham jahon chempionigiga yo‘l ochildi. Xudo omadini bersin!
 
To‘liq intervyuni quyida tomosha qiling!
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!