Shahram G‘iyosov va Bobousmon Baturov... Tokioga yo‘llanma beruvchi turnirga kim borishi aniq bo‘ldi

  • 15 yanvar, 2020, 19:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun, boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqalarga yo‘l oladigan tarkibni aniqlash uchun sparring janglar o‘tkazildi. Xabaringiz bor, bir nechta vazn toifalarida ushbu masala ochiq turgan edi. Shuning uchun ham bugun mazkur janglar tashkil qilindi. Muxlislar o‘rtasida uzoq tortushuvlarga sabab bo‘lgan vazn 69 kg da Shahram G‘iyosov hamda Bobousmon Boturovlar orasida qay biri tanlanishi ushbu sparringa bog‘liq edi. Afsuski, yopiq tarzda o‘tkazilgan ushbu janglarni bevosita ko‘ra olmaganligimiz sababli ma’lumot olish uchun Shahram G‘iyosov bilan bog‘landik.

Tecno

- Jang bo‘lib o‘tdi. Har uch raundda ham g‘albaga erishdim. Buni Marat aka ham aytdi. Lekin raxbar chaqirib, yoshlarga yo‘l berishimiz kerakligini, professional boksga ancha moslashib ketganligimni aytdi. “Yaxshisi ushbu yo‘nalishda o‘zingni ko‘rsatib, bayrog‘imizni yuksaklarga ko‘targin, kelganing uchun raxmat, yoshlarga imkon beraylik, xafa bo‘lmaysan”,- dedi.

Albatta, Saken akaga ishonch bildirganlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa, O‘zbekiston sharafini doimo himoya qilishga tayyorman. Nasib qilsa, professional boksda ulkan zafarlar quchib, barchani xursand qilaman degan umiddaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Миша Умх
20/01/2020 08:36
Salom hammaga sportchilarnimizni korib ancha xursand boldim kunlari xamisha shunday hursand bolsin