Shahram G‘iyosov va Vinsent Kampos matbuot anjumanida... Ular qiziqarli savollarga javob qaytardi (Video)

  • 14 avgust, 2020, 09:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

15 avgustda (Toshkent vaqti bilan 16 avgust tongda) ringga ko‘tariladigan Shahram G‘iyosov ham jangdan avvalgi matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ma’lumki, uning raqibi Fransisko Roxodan koronavirus topilgani tufayli, raqib o‘zgargan edi. Endi G‘iyosov nikaragualik Vinsent Kamposga qarshi jang qiladi. Mazkur matbuot anjumanida ham unga bir qator qiziqarli savollar bilan murojaat qilindi. U esa, o‘ziga xos tarzda javob qaytardi. 

G‘iyosov raqib almashganligi borasidagi savolga, boshqa raqibga tayyorgarlik ko‘rgani, biroq bu muammo bo‘lmasligini, uzoq vaqtdan buyon AQShda tayyorgarlik olib borayotganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Kamposning professional boksda juda ko‘p jang o‘tkazgani va tajribaliroq ekanligi borasidagi savolga javoban o‘zi ham havaskor boksda 400 dan ortiq uchrashuvda ringga chiqqani, professional murabbiylar qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tayotgani va ular tajribali raqibga qarshi qanday jang olib borish kerakligini o‘rgatganini aytdi. 

Quyida, ushbu matbuot anjumanini video tarzida tomosha qilishingiz mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!