
Shahram G‘iyosovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum
12 aprel kuni AQShning Atlantik Siti shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Shahram G‘iyosov (16-0, 9 KO) ham ishtirok etib, argentinalik Franko Okampo(17-2, 8 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, G‘iyosov oxirgi jangida Meksika vakili Migel Parra ustidan 94:95, 95:94, 96:93 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar