
Shahram G‘iyosovning navbatdagi jang sanasi ma’lum
Yarim o‘rta vazn toifasidagi bokschimiz Shahram G‘iyosovning navbatdagi jang sanasi ma’lum qilindi.
Vakilimiz 12 aprel kuni Nyu-Jersida o‘tkaziladigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni unga meksikalik bokschi raqiblik qilishi kutilmoqda. G‘iyosov bu haqda "Sport TV" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shundan so‘ng, Atlantik Sitida tashkil etiladigan boks turnirining markaziy jangi yarimo‘rta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanionis hamda IBF chempioni Jeyron Ennis o‘rtasida kechadi. Shahram bo‘lajak jangida g‘alaba qozonsa, keyingi jangini aynan Ennis — Stanionis bahsi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar