
Shahzodbek Gran-pri turniri shohsupasida
Tbilisida tashkil etilgan Gran-Pri turkumidagi musobaqada 90 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan Shahzodbek Sobirov O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga medal qo‘shdi.
Yarim finalga chiqish uchun kurashda rossiyalik Stanislav Retinskiyga mag‘lub bo‘lgan hamyurtimiz bronza medal uchun bahs olib bordi. Shahzodbek dastlab Evropa va Afrika open musobaqalari sovrindori slovakiyalik Peter Jilka bilan raqobatlashib, uni ikki daqiqada ippon bahosi bilan engdi.
Nihoyat bronza medal uchun bo‘lgan bellashuvda vengriyalik Gabor Ver bilan kuch sinashdi va uchrashuvning to‘rtinchi daqiqasida raqibi ustidan sof g‘alabaga erishdi.
Fikrlar