
"Shalke" Konoplyankaning narxini e’lon qildi
Gelzenkirxenning "Shalke" klubi o‘zining ukrainalik yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyankani sotib yubormoqchi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Nemis klubi 29 yoshli futbolchini taxminan 3-5 mln evroga pullamoqchi. Ta’kidlash kerakki, Konoplyankaning “Shalke” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Uning yillik maoshi esa 4,5 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Konoplyanka “Shalke” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 74ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar