
“Shanxay Telleys” Oskarni Ronaldu va Messidan keyingi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi
Angliyaning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Oskar faoliyatini Xitoyda davom ettirishga yaqin.
Braziliyalik xavbekka Xitoyning “Shanxay Telleys” klubi jiddiy qiziqmoqda va yaqin kunlarda bu masala hal bo‘lishi kutilmoqda.
Xabarlarga qaraganda, xitoyliklar Oskarni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan keyin uchinchi futbolchisiga aylantirishmoqchi.
The Times nashrining ma’lum qilishicha, xitoyliklar 25 yoshlik xavbek uchun yiliga 20 million funt maosh berishni taklif qilishgan. Uning transfer narhi esa 60 million funt deya taxmin qilinmoqda.
Fikrlar