“Shapekoense”ning tirik qolgan himoyachisi komadan chiqdi va birinchi bo‘lib final natijasini so‘radi

  • 12 dekabr, 2016, 11:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aviaxalokatga uchragan “Shapekoense” klubi fojeasi hali ham yuraklarni larzaga keltirmoqda.

Tecno

A Bola nashrining yozishicha, aviaxalokatda tirik qolgan jamoa himoyachisi Neto koma holatidan chiqishi bilanoq “Atletiko Nasonal” bilan dastlabki o‘yin natijasini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Amerika futbol uyushmasining tashabbusi bilan “Shapekoense” rasman musobaqa chempioni deb e’lon qilingan va Kubok ushbu jamoaga topshirilgan edi.

Ma’lumot uchun, aviaxalokatda Netodan tashqari zahiradagi darvozabon Jekson Ragner Follmann va himoyachi Alan Ryushellar tirik qolishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!