
"Sharjah Masters": 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov qancha pul ishlab topdi?
Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida o‘tkazilgan "Sharjah Masters" turnirida 7/9 ochko to‘plagan holda, Anish Giri birinchilikni qo‘lga kiritdi. Nodirbek Abdusattorov esa qo‘shimcha natijalar hisobiga Aleksandr Injichdan keyin 3-o‘rinni egalladi va 7000 AQSh dollari mukofotini qo‘lga kiritdi.
Boshqa hamyurtlarimizning "Master A" guruhida qayd etgan natijalari:
Ortiq Nig‘matov 4.5 ochko, 34-o‘rin;
Jahongir Vahidov 4 ochko, 60-o‘rin;
Muhiddin Madaminov 3.5 ochko, 66-o‘rin;
Barcha toifalarda ishtirok etgan shaxmatchilarimizning natijalari bilan bu erda tanishib chiqishingiz mumkin.
Fikrlar