Sharof Muhitdinov "Paxtakor"ga o‘tadimi?

  • 13 fevral, 2021, 10:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” etakchilaridan biri Sharof Muhitdinov jamoasini tark etgani xususida yaqinda saytimiz orqali xabar berdik. Tabiiyki, endilikda uning faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi muxlislarni qiziqtiryapti.

“Nasaf” klubi tarbiyalanuvchisi faoliyatida yangi sahifa ochish fursati etib keldi, deya hisoblamoqda. Shuning uchun ham, u “Nasaf”ni tark etishga qaror qilgan.

Muhitdinov qarshiliklar safidan ketganini sports.uz muxbiriga ham tasdiqlagan. Shuningdek, unga “Paxtakor”dan jiddiy qiziqish bo‘layotgani ham bor gap. Futbolchi bu xabarni inkor qilgani yo‘q. Demak, voqealar rivoji shuni ko‘rsatib turibdiki, yaqin orada Sharof “Paxtakor” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Albatta, uning oldida yana boshqa takliflar ham bor. Lekin ularning orasida “Paxtakor” variantini amalga oshishi katta ehtimol bo‘lib turibdi.

Shunday ekan, ushbu jarayonni kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!