Shartnomasi tugagan Ermatovga Superligadan xaridorlar bor
Superliga bilan xayrlashgan “Turon” klubini shartnomasi tugagani sababli ayrim o‘yinchilar tark etyapti.
Jumladan, iqtidorli yarim himoyachi Sunnat Ermatovning ham “Turon” bilan tuzgan shartnomasi 31 dekabr kuni nihoyasiga etdi. Ayni paytda u erkin agentga aylandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ermatovning xizmatlariga Superliganing bir-ikkita klublari tomonidan qiziqishlar mavjud. Yaypanliklar safida 11 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi “Turon”ni tark etadimi yoki jamoasini almashtiradimi, buni vaqt ko‘rsatadi.

Fikrlar