
Shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Hamyurtlarimiz nechanchi o‘rinlarda va qancha pul mukofotiga ega bo‘lishdi?
Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab o‘zbekistonlik shaxmatchilar, jumladan, kuchli grossmeysterlarimiz ham ishtirok etdi.
E’tiborli tarafi shundaki, hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov ushbu turnirning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin evaziga 6000 AQSh dollari pul mukofotini qo‘lga kiritgan grossmeysterimiz, shu bilan birga, 2025 yilgi FIDE Jahon kubogiga ham yo‘llanma oldi!
Quyida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda shaxmatchilarimiz band etgan o‘rinlar bilan tanishib chiqing:
3. Shamsiddin Vohidov - 6.5 ball (+5.7 reyting ball) 6000 AQSh dollari pul mukofoti
15. Nodirbek Yakubboev - 6 ball (-4,2 reyting ball) 500 AQSh dollari pul mukofoti
22. Muhiddin Madaminov - 5.5 ball (+13,8 reyting ball)
55. Muhammadzohid Suyarov - 5 ball (-1,80 reyting ball)
69. Humoyun Begmuratov - 4,5 ball (+2,5 reyting ball)
74. Bahrom Bahrillaev - 4,5 ball (+5,4 reyting ball)
100. Afruzbek Sobirov - 4 ball (+74,4 reyting ball)
110. Asrorjon Omonov - 4 ball (-7,3 reyting ball)
122. Miraziz Matyoqubov - 3,5 ball (+6 reyting ball)
130. Saidxon Ashikmamutov - 3,5 ball (-46,8 reyting ball)
140. Oriyat Obidjonov - 3 ball (-26,8 reyting ball)
148. Asilbek Abdulazizov - 2,5 ball (+24,4 reyting ball)
Ushbu turnirning ayollar o‘rtasidagi bahslari ham ko‘plab shaxmatchilarimiz munosib ishtirok etib, quyidagi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:
8. Afruza Hamdamova - 6,5 ball (+5,6 reyting ball) 800 AQSh dollari pul mukofoti
10. Gulruhbegim Tohirjonova - 6 ball (+1,2 reyting ball) 600 AQSh dollari pul mukofoti
20. Asal Salimova - 5,5 ball (+58 reyting ball)
39. Guldona Karimova - 5 ball (-49,6 reyting ball)
40. Umida Omonova - 5 ball - (-22 reyting ball)
51. Nilufarxon Imomqo‘zieva - 4,5 ball (+29,2 reyting ball)
53. Nodira Nadirjanova - 4,5 ball (+1 reyting ball)
58. Madinabonu Halilova - 4 ball (+71,2 reyting ball)
79. Barchinoy Shokirjonova - 3,5 ball (-14,8 reyting ball)
80. Malika Marjonova - 3,5 ball (-14,4 reyting ball)
82. Zilola Aktamova - 3,5 ball (+70,4 reyting ball)
83. Ruqiya Olimova - 3,5 ball (+49,2 reyting ball)
86. Mohim Orazmuhammedova - 3 ball (+7,2 reyting ball)
92. Liliya Belalya - 2,5 ball (+22 reyting ball)
Fikrlar