Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda yig‘ini boshlandi

  • 22.01.2026 16:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Tailand davlatida tashkil etilayotgan oʻquv-yiğin mashgʻulotlarini boshladi.

Mashgʻulotlar 21–28 yanvar kunlari boʻlib oʻtadi va unda ayollar terma jamoasining asosiy (birinchi) tarkibi ishtirok etmoqda.

Oʻquv-yiğınlarda qatnashayotgan shaxmatchilar:

Hamdamova Afruza — WGM (2403)
Tohirjonova Gulruhbegim — IM (2363)
Omonova Umida — WIM (2334)
Karimova Guldona — WIM (2323)
Halilova Madinabonu — WCM (2287)

Ushbu mashgʻulotlar jamoaning jismoniy texnik va taktik tayyorgarligini yanada kuchaytirish, xalqaro tajribani oshirish hamda navbatdagi nufuzli musobaqalarga puxta hozirlik koʻrish maqsadida tashkil etilgan.

Oʻquv-yiğın mashgʻulotlari tajribali mutaxassis — grossmeyster Ruslan Sherbakov boshchiligida olib borilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!