Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov muddatidan avval yarim finalga yo‘l oldi

  • 27 oktabr, 2022, 17:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

Islandiyada davom etayotgan shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionatida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 3- va 4-turda islandiyalik Xyorvar Steyn Gretarssonga qarshi bahs olib bordi. E’tiborlisi, vakilimiz ikkala partiyada ham muvaffaqiyat qozondi va hisobidagi ochkolar sonini 8 taga etkazib oldi.

Tecno

Ta’kidlash lozimki, Abdusattorov guruh bosqich uchrashuvlari yakunlanishiga 2 tur qolganda yarim final yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydi.

Shaxmatchimiz bugun 5-tur doirasida rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi 2 ta o‘yin o‘tkazadi. Nodirbekni 6-turda AQSh vakili Uesli So bilan qarama-qarshilik kutmoqda.

Ma’lumot uchun, shaxmatchilar har bir turda 2 tadan partiya o‘ynashadi va g‘olib shaxmatchi 2 ochkoga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!