
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov yangilangan reytingda Magnus Karlsen va Yan Nepomnyashiyni ortda qoldirdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi fevral oyi yakuni bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi. Reytingda AQSh vakili Uesli So 30,80 ochko bilan etakchilikka erishgan bo‘lsa, Niderlandiya vakili Anish Giri 29,03 ochko bilan 2-o‘rindan joy oldi. Levon Aronyan 26,35 ochko jamg‘argan holda kuchli uchlikni yakunladi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bergan xabarga ko‘ra, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov erishgan natijalari asosida 22,28 ochko bilan 4-o‘rinni band etdi. Mahoratli shaxmatchimizdan keyingi pog‘onalardan Magnus Karlsen, Gukesh, Yan Nepomnyashiy, Aleksandr Donchenko kabi grossmeysterlar joy olishgan.
Javohir Sindorov yangilangan reytingda 89 nafar kuchlilar orasida 12-qatorda qayd etildi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan joriy etilgan mazkur reyting o‘rinlari 2024-yili o‘tkaziladigan jahon chempionatida qatnashadigan eng kuchli ishtirokchilarni aniqlashni nazarda tutadi, deyiladi FIDE xabarida.
Fikrlar