Shaxmat olimpiadasi. Yigitlarimiz yana 3 ta medalni qo‘lga kiritishdi

  • 9 avgust, 2022, 17:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Hindistondagi 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasidan xushxabarlar kelishi davom etmoqda. Gap shundaki, dunyo birinchiligida jamoaviy bahslardan tashqari individual natijalar bo‘yicha ham medallar o‘ynaladi.

Tecno

Ushbu individual natijalar bo‘yicha Jahongir Vohidov 4-taxtada o‘ynagan shaxmatchilar orasida eng yaxshi natijani qayd etgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Nodirbek Abdusattorov esa 1-taxtadagi shaxmatchilar orasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. U hattoki shaxmat tojining amaldagi sohibi Magnus Karlsenni ham ortda qoldirdi. Bu taxtada oltin medal mezbon hindistonlik Gukeshga nasib etdi.

Yana bir hamyurtimiz Nodirbek Yakubboev esa 2-taxtadagi shaxmatchilar orasida bronza medali sohibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!