
Shaxmat. Osiyo o‘yinlariga boradigan tarkibimiz e’lon qilindi
Xabaringiz bor, joriy yilning 23 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari ro‘yxatidan mamlakatimizda tobora rivojlanib borayotgan shaxmat ham joy olgan.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy saytida ushbu Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilishi kutilayotgan shaxmatchilar ro‘yxatini e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, tarkibdan quyidagi shaxmatchilar joy olgan:
Erkaklar o‘rtasida
1) Yaqubboev Nodirbek
2) Sindarov Javohir
3) Vahidov Jahongir
4) Vohidov Shamsiddin
5) Abdusattorov Nodirbek
Ayollar o‘rtasida
1) Yaqubboeva Nilufar
2) Omonova Umida
3) Hamdamova Afruza
4) Bobomurodova Maftuna
5) Malikova Marjona
Fikrlar