Shaxzod Azmiddinov "Paxtakor"ni tark etdi. U endi vodiyda o‘ynaydi
"Andijon" klubi yozgi selektsiya jarayonida tarkibini yangi o‘yinchi bilan kuchaytirishda davom etmoqda.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “Paxtakor” klubi tabriyalanuvchisi va ushbu jamoa sharafini himoya qilib kelgan iqtidorli futbolchi Shaxzod Azmiddinov endi “Andijon” futbolchisiga aylandi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishdi va futbolchi joriy mavsum oxiriga qadar “Andijon”da ijara asosida to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, Shaxzod Azmiddinov 2000 yilning 7 avgust kuni tavallud topgan. U 2020 yildan beri “Paxtakor”da faoliyat olib borgan va shu vaqtga qadar 98 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar