Sher Mamazulunov: Men bu jangda 100 foiz yutdim, lekin hakamlar...

CHERY AUTO

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC promousheni tomonidan o‘tkazilgan professional kikboksing bo‘yicha "Fair Fight" turniri o‘z yakuniga etdi. Ushbu jang kechasining markaziy jangida hamyurtimiz Sher Mamazulunov hamda mahalliy jangchi Sergey Ponomaryovga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Tecno

84 kg vazn toifasida  "Fair Fight" vaqtinchalik chempionlik kamari uchun bo‘lgan, ushbu qarama-qarshilik 5-raund davom etdi. Jangda katta ustunlik bilan harakat qilgan yurtdoshimizni g‘alabasiga xatto rus sharxlovchilari ham shubha qilmayotgan bir pallada, hakamlar g‘alati qaror orqali g‘alabani Ponomaryovga tortiq qilib yubordi.

Jangdan keyin sportchimiz "Instagramda"gi sahifasida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: 

"Assalomu alaykum, hamma uzoq yakindagi muxlislarimga. Men bu jangda 100 foiz ustunlik bilan yutdim, deb uylayman. Lekin xakamlar qarori meni qoniqtirmadi. Haqiqat qaror topishini xoxlayman. "Faight Promotion" organizatsiyani hurmat kilganim uchun qisqa vakt ichida bu jangga rozilik berdim. Nikolay Klimenko bilan ko‘p vaqtdan beri ishlayman. "Fair Faight" turnirini 2 karra chempioniman. Men bular uchun juda kup mehnat qilaman, umuman dam olmay mashg‘ulot o‘tkazaman, buni nohaqlik bilan qabul qilishlarini xoxlamayman", - deya yozib qoldirdi Sher.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!