
"Sherif" "Inter"ga qarshi o‘yin oldidan g‘alaba qozondi. Yaxshiboev zaxiradan qo‘shildi
Moldava chempionatining 16-turidan o‘rin olgan "Petrokub" va "Sherif" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Sherif" safida harakat qilayotgan legionerimiz Jasur Yaxshiboev 57-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. U Traorening o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, 4ta o‘yin kam o‘tkazgan "Sherif" ayni damda 31 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 4 noyabr kuni klub Chempionlar Ligasi doirasidagi bahsda "Inter"ni qabul qiladi.
Fikrlar