
"Sherif" va "Real" o‘rin olgan guruhda vaziyat qanday?
Kecha Moldovaning "Sherif" klubi Evropa Chempionlar ligasai 2-turidan o‘rin olgan bahsda "Real" Madridni "Santyago Bernabeu"da 2:1 hisobiba taslim etdi.
Bu g‘alabadan so‘ng "Sherif" kutilmaganda o‘z guruhi peshqadamiga aylanib oldi. Marhamat, "D" guruhidagi vaziyat bilan tanishib chiqing.
Eslatib o‘tish joiz, "qirollik klubi"ga qarshi o‘yinda hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboev jamoasining birinchi goliga mualliflik qildi.
Fikrlar