
Sherki: “Manchester Siti” — eng to‘g‘ri tanlov, Gvardiola — tarixdagi eng yaxshi murabbiy"
21 yoshli yarim himoyachi hisoblangan Rayan Sherki "Manchester Siti"ga o‘tganidan so‘ng klub rasmiy saytiga intervyu berdi. U "Lion"dan 36,5 million evro + 6 million bonuslar evaziga xarid qilindi.
Transfer haqida
"Men "Manchester Siti"da o‘ynayotganimdan juda xursandman. Bu Evropadagi eng yirik klub. Ular namoyish etadigan o‘yin uslubi men uchun juda muhim.
Bu mening shaxsiy tanlovim va ishonamanki, faoliyatim uchun eng to‘g‘ri qaror. “Siti” — men uchun eng yaxshi variant".
Gvardiola haqida
"Men uchun Pep — dunyodagi eng yaxshi murabbiy va menimcha, u futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy hamdir.
Uning qo‘l ostida o‘ynashni jon-din bilan istayman!" — deya ta’rif berib o‘tdi "shaharliklar"ning yangi futbolchisi.
Fikrlar