Sherzod Esanovning kelgusi transferidan "Olimpik" va "Andijon" klublari ulush oladilar

  • 22 dekabr, 2024, 01:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA xalqaro transferlar tizimini soddalashtirish, undagi ma’lumotlar shaffof va to‘g‘ri yuritilishi masalasiga katta e’tibor qaratadi. Tashkilot bu yo‘lda Matching System (TMS) va Clearing House tizimlarini integratsiyalashga erishdi. Buning natijasida futbolchining elektron pasportini onlayn yuritib borish orqali uning kelgusi transferlaridan futbolchini tarbiyalagan klublarning pul ishlashi soddalashtirildi. 

Tecno

Liga Rossiyaning "Akron" klubi a’zosiga aylangan Sherzod Esanovning elektron futbolchi pasportiga o‘zida mavjud ma’lumot va hujjatlardan kelib chiqib, uning "Andijon" va "Olimpik" klublari tarkibida ro‘yxatdan o‘tgan davrlarni kiritdi. FIFA esa bu ma’lumotlarni rasman tasdiqladi. Endilikda mazkur ikki klub Sherzod Esanovning kelgusi transferidan ulush olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Esanov 12 yoshga to‘lganidan boshlab to birinchi mehnat shartnomasini imzolaguniga qadar bo‘lgan davri aks etgan ma’lumotlar Ligada mavjud emas. Bu davr uchun kompensatsiya futbolchining ma’lum bir klubga qarashli akademiya yoki futbol maktabida tahsil olganini isbotlovchi FIFA rasmiy tillaridan birida yuritilgan xujjat mavjud bo‘lgan holdagina to‘lab beriladi. 

Shundan kelib chiqib, Liga barcha futbol klublarini bu kabi xujjatlarni yuritishga e’tiborli bo‘lishga chaqiradi. Esanovga tegishli bunday xujjat shu yilning 31 dekabr sanasiga qadar taqdim etilsa, Liga Esanovning FIFA sahifasidagi ma’lumotlarini to‘ldirish ustida ish olib boradi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!