Shesni: "Ter Shtegen tezroq qaytishini xohlayman"

  • 04.03.2025 05:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" darvozaboni Voytsex Shensni jamoadoshi Mark-Andre ter Shtegen unga qanday yordam bergani haqida gapirdi.

"Ter Shtegen menga birinchi kundan boshlab yordam berdi. Hattoki men hali shartnoma imzolamagan paytimda ham u menga yozib, agar nimadir kerak bo‘lsa, yordam berishini aytdi.

 Uning tiklanish jarayoni yaxshi kechayotganidan xursandman. Umid qilamanki, u iloji boricha tezroq maydonga qaytadi," — deya Shensnining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli polshalik darvozabon o‘tgan yilning oktyabr oyida "Barselona" futbolchisiga aylangan edi. Shu vaqt ichida u barcha turnirlarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol o‘tkazib yubordi va 7 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!