Shevchenko "Jenoa"ga MYu sobiq yulduzini olib kelmoqchi

  • 11 yanvar, 2022, 21:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Orlando siti" bilan shartnomasini bekor qilgan Luish Nani A Seriyaga yo‘l olishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Martsio xabar berishicha, MYudagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan futbolchiga "Jenoa" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq genuyaliklar jamoa bosh murabbiyi Shevchenkoni iste’foga chiqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Lekin klub buni rad etdi. 

Portugaliyalik yarim himoyachi faoliyati davomida "Sporting", Manchester Yunayted", "Fenerbaxche", "Latsio", "Valensiya", "Orlando Siti" kabi jamoalarda to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!