Shevchenko: Ronalduni 34 yosh deb aytmagan bo‘lardim
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Portugaliyaga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Ronaldu hayotda aslidan ko‘ra ancha yosh ko‘rinadi. Maydonda ko‘rsatayotgan o‘yinlarini ko‘rib uni 34 yoshda deb aytmagan bo‘lardim.
Krishtianu eng qiyin o‘yinda ham vaziyatni o‘nglay oladi, “Yuventus” u bilan muvaffaqiyatga erishishi mumkin”, - deydi Shevchenko.
Fikrlar