Shevchenko va Ibragimovichga etib olishdi

  • 8 aprel, 2021, 12:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller kecha PSJga qarshi bo‘lib o‘tgan EChL chorak final dastlabki bahsida jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi. E’tiborlisi, bu 31 yoshli germaniyalik futbolchining ushbu musobaqadagi 48-goli bo‘ldi.

Tecno

Myuller Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Andrey Shevchenko va Zlatan Ibragimovichga etib oldi va 8-o‘ringa ko‘tarildi.

EChL tarixidagi eng yaxshi to‘purar Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Uning hisobida 134 ta gol bor. Kuchli uchlikdan Lionel Messi (120) va Robert Levandovski (73) joy olgan. Keyingi o‘rinlarda Raul (71), Karim Benzema (70), Rud van Nistelroy (56) va Terri Anri (50) qayd etilgan.

“Bavariya” PSJga qarshi javob uchrashuvi 13 aprel kuni Parij shahrida o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!