
Shohasan Mirzamatov jiddiy raqibga qarshi jang qiladi
Joriy yilning 21 may kuni Muradov_professional_liga navbatdagi beshinchi turnirini Qo‘qon shahrida tashkil etadi.
Mazkur turnirda yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov ham oktagonga ko‘tariladi. Sportchimizning Sports.uz saytiga ma’lum qilishicha, u barcha o‘zbekistonlik aralash jang san’atlari ishqibozlariga tanish bo‘lgan, Qirg‘iziston vakili Edil Esengulovga qarshi jang qiladi. Esengulov faoliyati mobaynida ikki hamyurtimiz Jahongir Jumaev hamda Bahromjon Mashrabov bilan to‘qnash kelgan va har ikkisini mag‘lub etganligi bilan o‘zbekistonlik muxlislar yodida qolgandi.
Ushbu jang yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Esengulovning rekordi 5-0 ko‘rinish olgan bo‘lsa, Shohasan Mirzamatovning ko‘rsatkichi 9-1 ga teng.
Fikrlar