
Shohasan Mirzamatovning raqibi o‘zgardi. U sobiq "Bellator" vakiliga qarshi jang qiladi
Xabaringiz bor, 5 dekabr kuni Andijon shahrida "Muradov Professional League"ning ikkinchi turniri bo‘lib o‘tadi. Uning markaziy jangida hamyurtimiz Shohasan Mirzamatov (7-1) argentinalik Roberto Pastuchga (9-5) qarshi oktagonga ko‘tarilishi lozim edi.
Biroq, argentinalik jangchi jarohat olishi sababli yurtimizga tashrif buyurishi amalga oshmadi. Endi, Mirzamatov braziliyalik Tyago Oliyveraga qarshi jang qiladigan bo‘ldi.
Braziliya vakili o‘z vaqtida "Bellator" promoushenida ham bitta jang o‘tkazgan. U faoliyati mobaynida 16 ta g‘alaba va 7 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar