
Shohjahon Ergashev DAZN oqshomining 2-markaziy jangida ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, Toshkent vaqti bilan 29 mart tongida AQShning Michigan shtati, Detroyt shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
DAZN tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu oqshomning ikkinchi asosiy jangida superengil vazn toifasida IBA kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev Xuan Xuertasga qarshi ringga chiqadi.
Ushbu oqshomning markaziy jangida yarimog‘ir vazn toifasida kolumbiyalik bokschi Xuan Karrilo (11-0-0) hamda amerikalik Kuinton Rankin (21-8-2) o‘zaro ringda to‘qnash keladi.
Turnir kardi bilan tanishing:
Markaziy jang: Yarim og‘ir vaznda 10 raundlik jang. Xuan Karrilo (11-0-0) - Kvintoni Rankin (21-8-2)
Superengil vaznda 10 raundlik jang: Shohjahon Ergashev (23-1-0) - Xuan Xuertas (17-4-1)
Supero‘rta vaznda 10 raundlik jang: Vladimir Shishkin (15-0-0) - Mayk Gay (12-7-1)
Supe o‘rta vaznda 8 raundlik jang: Nadim Sallum (12-1-0) - Uilyam Taunsel (6-1-0)
O‘rta vaznda 4 raundlik jang: Jozya Shaklford (1-0-0) Antvion Makkollou (0-3-0).
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar