SHOMOU - Italiya matbuoti o‘zbek yigiti haqida bong urmoqda! 14-raqamga qaytgan Eldor va "Roma" bosh direktori transfer haqida nima deganini bilasizmi?

  • 3 avgust, 2021, 07:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Siz qachondir dunyoning top-murabbiylaridan biri – Joze Mourinoning qo‘li ostida o‘zbekistonlik futbolchi to‘p surishini tasavvur qilganmisiz? Bu hayotda izlagan imkon topishi, qilgan mehnatiga yarasha mukofot olishini eshitganmiz. Bunga Eldor Shomurodovni yaqqol namuna qilib ko‘rsatsa arziydi. Shomurodov “boshqacha murabbiy”ni o‘ziga rom etganini eshitish shunchalik yoqimliki, bu xuddi tushga o‘xshaydi.

Tecno

Oxirgi paytlada nafaqat o‘zimizda, balki xorijiy OAVda “Roma” va Shomurodov mavzusi asosiy o‘ringa chiqdi. Ayniqsa, Rossiya va Italiyada bu haqida tinmasdan ma’lumotlar berib borilyapti. Kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, Sports.uz sayti orqali ham Shomurodov haqida turli xabar va maqolalar hukmingizga havola qilinyapti.

shoma6

Har kuni, har soatda turli yangiliklar chiqdi. Nihoyat, “Roma” klubi Shomurodovni rasman tanishtirdi. Ungacha esa bu borada tomonlar e’lon qilishga shoshilmadilar. Rostini aytganda, Sports.uz muxbiri sifatida Shomurodovga kunora qo‘ng‘iroq qilyapmiz. Chunki hozirgi vaziyatning asl mohiyatini uning o‘zidan eshitish baribir boshqacha. Lekin hozircha hamyurtimiz bizning qo‘ng‘iroqlarimizga javob bergani yo‘q. Bu borada uni to‘g‘ri tushunamiz. Chunki har qanday yangi o‘yinchi shartnoma imzolaganida avvalo klub rasmiy sayti uchun dastlabki fikrlarini bildiradi. Shomurodov ham odatga ko‘ra shunday qildi va jumladan quyidagilarni aytdi:

“Mening faoliyatimda “Roma” klubiga ko‘chib o‘tishim oldinga tashlangan katta qadam, deb hisoblayman. Bu jamoada o‘zimni ko‘rsatish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. “Roma” – bu jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan katta klub! Bunday jamoada to‘p surishni xohlaganim uchun ham kelishuv juda tez ro‘y berdi. Men “Roma”ning a’zosiga aylangan ekanman, endi menga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Umid qilamanki, murabbiy va yangi jamoadoshlarim bilan tez til topishib ketaman”, - deya dastlabki fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Eldor.

O‘z navbatida, “Roma” klubi bosh direktori Tyagu Pinto Shomurodov borasida quyidagilarni ma’lum qildi: “Eldor – rivojlanish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan hujumchi va o‘zi yaxshi biladigan ligada o‘zini “Roma” safida ko‘rsatishga intiladi. Bu istak bilan bir qatorda uning o‘yinchi sifatlari ham murabbiyimiz xohlagan uslubga mos keladi. Shuning uchun bizning klubga xush kelibsiz!”.

Shomurodov “Jenoa”da 61-raqamda to‘p surgan bo‘lsa, “Roma”da o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan 14-raqamni tanladi. Chunki u “Rostov”da ham ushbu raqamda to‘p surganini yaxshi bilasiz.  

shoma3

Italiya futbolida o‘z so‘zini aytishni boshlagan o‘zbekistonlik yigitning “Roma”ga o‘tishi u erdagi OAV vakillarining ham diqqat-markazida bo‘lib turibdi.

Jumladan, Rimda nashr etiladigan “Il Romanista” faol tarzda Shomurodovning har bir qadamini sinchkovlik bilan kuzatyapti va shunga yarasha yoritib boryapti. Mazkur nashrni kuzatar ekanmiz, kuni kecha italiyalik jurnalistlar “Il Romanista”ning asosiy muqovasiga Shomurodovning Mourino bilan birga tushgan suratini joyladi. Hamkasblarimiz sarlavha qo‘yishda ham ancha qiziq variantni tanlaganlar. Ular Shomurodov va Mourino so‘zidan dastlabki harflarini ishlatgan holda “SHOMOU” deya nom bergan. Bu shunchaki ajoyib!

shoma4

Romanista so‘zi o‘zbekchada rimliklar ma’nosini bildiradi. Shu sababli “Il Romanista” nashri  “Roma” klubi va u haqdagi yangiliklarni ko‘proq yoritadi. Uning sahifalarida chindan ham Shomurodovning Mourino jamoasiga o‘tgani haqida turli xabarlar berilyapti. Shu bilan birga Eldor haqida alohida maqola ham chop etilgan. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, uning Moskvada Mourino bilan birga tushgan surati italiyaliklarni o‘ziga jalb qildi. Natijada ular Jozening Eldorni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlagani bejiz emasligini tushunib etmoqdalar. 

O‘sha “Il Romanista” kuni kecha Shomurodov haqida yaxshi maqola chop etdi. Uning sarlavhasi quyidagicha: “Xokkey, Osiyo Kubogi va “Roma” yoxud Shomurodov yana Mourinoni qidirib topdi”. Unda Eldorning futbolga kirib kelishi, oldingi faoliyati, Joze bilan qanday tanishgani va yana boshqa mavzularni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada yozilgan ayrim qiziqarli jihatlarni siz bilan baham ko‘rishamiz.

shoma2

“Mourino Shomurodov bilan Moskvada uchrashgan kunda u xokkey o‘yiniga tashrif buyurgandi. Bu 2019 yilning 3 fevral kuni edi. Futbolchining o‘zi esa Osiyo Kubogidagi sarguzashtlarini yakunlab Moskvaga endigina qaytgandi. O‘sha Osiyo Kubogida Shomurodov to‘rtta gol urib to‘purarlar ro‘yxatidan joy olgandi. Moskvadagi restoranda ularning uchrashuvida Joze Mourino hamyurtimizning Osiyo Kubogida o‘zini ko‘rsatgani va to‘rtta gol urganidan xabari borligini aytadi. Chunki o‘sha paytda beiNSPORTSda ekspert sifatida Osiyo Kubogini ko‘rgandi. O‘sha mahalda u Shomurodovning o‘yinlarini ham diqqat bilan  kuzatgan.

“MATCh TV” efiri chog‘ida Eldor shunday dedi: “Mourinoga Osiyo Kubogida ishtirok etib, bir nechta gol urganimni ta’kidlaganimda, u menga bundan xabardor ekanligini aytdi. Avvaliga bunga ishonmadim. Keyin esa biz yaqindan tanishdik va u bilan yaxshi til topishib ketdik”.

Mourino Shomurodov uchun tasodifan uchratib qolingan ajoyib shaxs edi. Balki uning uchun sevimli murabbiyi hisoblanadi. U bolaligida Samarqanddan 300 kilometr uzoqlikda joylashgan Jarqo‘rg‘onda endi-endi to‘p tepishni boshlagan vaqtlarida Mourinoni yoqtirgani uning “Chelsi”ga muxlislik qilishiga sabab bo‘lgan.

shoma1
Shomurodov a’lo darajadagi va unutilmas debyut mavsumidan keyin “Jenoa” muxlislari yuragidan o‘rin olgan. Aynan uning Rimga ko‘chib o‘tishi yuzasidan muzokaralar boshlangani haqidagi yangiliklar “Jenoa” muxlislariga yoqmadi. Chunki bungacha ham ijara muddati yakuniga etgan Zappakosta, Strotman singari muhim o‘yinchilarning yo‘qotilganidan keyin genuyaliklar Shomurodov timsolida jamoaning yangi etakchisini ko‘rayotgandilar. Klub Eldor bilan raqobatbardosh va kuchliroq jamoani shakllantirishni rejalashtirgandilar. Uning sotib yuborilishi shundoq ham “Jenoa” prezidenti va klub ishqibozlari o‘rtasidagi yaxshi bo‘lmagan munosabatlarni yanada taranglashtirib yubordi”.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Умирзоков Содикжон
04/08/2021 15:27
Eldor sen bilan butun Uzbekiston fahrlanadi
Умирзоков Содикжон
04/08/2021 15:27
Eldor sen bilan butun Uzbekiston fahrlanadi
Умирзоков Содикжон
04/08/2021 15:27
Eldor sen bilan butun Uzbekiston fahrlanadi
Sattorov Xayriddin
04/08/2021 01:54
Eldorga omad yor bulsin
&
Турсун Ғани
03/08/2021 22:54
Италияда Ўзбекистон ҳаққида етарлича тасаввур Элдор сабаб пайдо бўлмоқда. Жарқўронни Самарқандга қарайди деса нима бўпти. Италия матбуоти ёзиябдими демак шундай ва биз муни тўғри тушунамиз. ШоМау зўр чиқибди лекин. Фантазиясига қойил уларнинг.
&
Raul
03/08/2021 17:59
Jenoa muxlislar fikrlarini xam chiqaringlar iltimos
Eshonqulov Abdumajid
03/08/2021 14:27
Nima deb yozyotibsanlar avvalombor Shoma O'zbekistonlik senlarga kelsak Jarqo'rg'onni Samarqandga o'tkazib qoydilaringku. Yozmabsilarda Toshkentdan 1000 km uzoqda deb aaa.
Yozgan qo'lingga senlarni .......
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
03/08/2021 08:18
Hech qisi yo‘q Jenoaga muhlislik qilishda davom etamiz tez orada Yana bir Futbolchimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshevni ham Jenoa Tarkibida ko‘rib qolsak koshkiydi