
Shomurodov 15 ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barham berdi
“Rostov”dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov ayni damda davom etayotgan Evropa ligasi saralashining 3-raundidan o‘rin olgan “Makkabi”ga qarshi bellashuvda hisobni ochdi.
E’tiborlisi, Eldor bu bilan 15 ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barham berdi. U so‘nggi bor 29 fevral kuni “Axmat”ga (1:1) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan edi.
“Rostov” – “Makkabi” uchrashuvining matnli translyatsiyasini quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin>>>
Fikrlar