Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda "Roma" yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)
UEFA Konferentsiyalar ligasi “C” guruhining 2-turida “Roma” safarda “Zarya” mehmoni bo‘ldi.
Shu kuni rimliklar safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 62-daqiqada zaxiraga olindi. “Roma” o‘yin davomida raqib darvozasini javobsiz 3 marta ishg‘ol qildi va 3:0 hisobida zafar quchdi. “Roma” safida gollarni Stefan El-Shaaravi (7'), Kris Smolling (66') va Temmi Abraxam (68') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar