
Shomurodov gol urgan uchrashuvda uning harakatlari necha ballga loyiq ko‘rildi?
Italiya A Seriyasi 19-turida "Roma" va "Sampdoriya" jamoalari o‘zaro bellashdi. Uchrashuvda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Rimliklarning goliga legionerimiz Eldor Shomurodov mualliflik qildi. U zaxiradan maydonga tushib, hisobni ochishga erishdi. Ammo "bo‘rilar" hisobdagi ustunlikni saqlab qololmadi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi "Whoscored" portali futbolchilarga qo‘yilgan ballarni taqdim etdi. Unga ko‘ra hamyurtimiz 6.8 balga loyiq ko‘rildi.
Fikrlar