
Shomurodov jadvalda Ronaldu va Benzema bilan bir pog‘onada! (foto)
"Roma" safida to‘p tepadigan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 2022 yilda xet-trik qayd etgan futbolchilar orasida 5-o‘rinda qayd etildi. U mazkur yilda ikki bor uchtadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Shomurodov "Navruz Cup" musobaqasida Ugandaga (4:2) uchta gol urishga erishgan. Yana bir xet-trik Osiyo kubogi saralashida Maldiv darvozasiga kiritilgan.
Jadvalning 1-o‘rinida 5 ta xet-trik egasi bo‘lgan Kilian Mbappe joy olgan. Keyingi pog‘onalarni Erling Xoland (4 ta) va Robert Levandovski (3 ta) band etgan.
Ahamiyatlisi, legionerimiz ro‘yxatda Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu bilan bir pog‘onada qayd etilgan.
Fikrlar