Shomurodov jamoadoshi "Roma"ning azaliy raqibiga o‘tdi

  • 19 avgust, 2021, 21:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik hujumchi Pedro Rodriges rasman "Latsio" a’zosiga aylandi. Bu haqda rimliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Pedro Rim klubiga tekinga kelib qo‘shildi. Rodriges "bo‘rilar"ning yangi murabbiyi Joze Mourino rejalariga kirmayotgan edi. Forvard yangi klubida 9-raqamda harakat qiladi.

Tecno

pedrolaziio

2020/21 yilgi mavsumda Pedro "A" Seriyada 5ta gol urib, 2ta golga assistentlik qilgandi. Qolaversa, Evropa ligasida ham o‘z nomiga bitta gol va 2ta assist yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!