
Shomurodov jamoasi Konferentsiyalar ligasidagi g‘alaba uchun qancha pul oladi?
Konferentsiyalar ligasidagi g‘alaba “Roma”ga katta moliyaviy foyda keltiradi, deb yozmoqda Italiya matbuoti.
Manbalarning ma’lum qilishicha, hisob-kitoblarga ko‘ra, UEFA tasnifidagi uchinchi musobaqa finalidagi g‘alabadan so‘ng, rimliklarning ushbu turnirdan olgan jami foydasi 19,63 million evroni tashkil qildi.
Turnirning guruh bosqichidagi natijalar orqali “Roma” futbolchilari klub byudjetiga 5,75 million evro daromad keltirdi.
Joze Mourino shogirdlari pley-off bosqichida ham barcha to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tgani uchun tashkilotchilar tomonidan ajratilgan 8,9 million evroni qabul qilib oladi.
UEFA klublar reytingidagi o‘sish uchun “Roma” Konferentsiyalar ligasining barcha ishtirokchilari uchun mo‘ljallangan 23,5 million evrodan eng katta qismini, ya’ni 1,34 million evroni o‘ziniki qilib oldi.
Shuningdek, “Roma”ga xalqaro turnir teletranslyatsiyasi huquqini sotish orqali olingan mablag‘dan 4,36 million evro ajratildi. “Roma” bu musobaqada Italiyaning yagona vakili bo‘lgani sababli bu mamlakat uchun ajratilgan yuqoridagi summaning 100 foizini o‘zi oladigan bo‘ldi.
Mourino “qariya” futbolchini so‘rayapti
Joze Mourino kelasi mavsum o‘z jamoasida ko‘rmoqchi bo‘layotgan o‘yinchilar orasida Angliya premer-ligasida mahorat ko‘rsatgan futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Xususan, bosh murabbiy ko‘rsatmasiga ko‘ra, rimliklar sport direktori Tyagu Pinto Angliya premer-ligasi vakili “Vulverxemton”ning ikki portugaliyalik o‘yinchisi transferi bo‘yicha ish olib bormoqda.
Birinchi o‘rinda, Mourino Ruben Neveshning Rimga kelishini istayapti. Lekin 25 yoshli yarim himoyachining transferi juda murakkab hisoblanadi. Chunki bu o‘yinchining amaldagi shartnomasi yakunlanishiga hali ikki yil bor. Bundan tashqari, Evropaning bir qator katta klublari Neveshni o‘z safiga chorlayapti.
Nishondagi ikkinchi figura – Joao Moutinoni olish Rim klubiga ortiqcha muammo tug‘dirmaydi. 35 yoshli futbolchi bir oydan keyin erkin agentga aylanadi va yoshi o‘tib qolgani uchun jiddiy klublar unga e’tibor qaratgani yo‘q.
Mourino esa o‘z hamyurtining katta tajriba to‘plaganini inobatga olib, uning “roma”ga foyda keltirishiga ishonmoqda.
Himoyachiga ikki xaridor bor!
“Roma” himoyachisi Marash Kumbulla o‘z yurtida o‘tkazilgan Konferentsiyalar ligasi finalida maydonga tushmadi. Hal qiluvchi bellashuv Albaniyaning Tirana shahrida o‘tkazildi. Albaniyaliklar o‘z hamyurtlari Kumbulla hurmatidan “Roma”ga ishqibozlik qildi.
Joze Mourino esa final mezbonlar kutgan o‘yinchini maydonga tushirmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu o‘yinchiga yomon ta’sir qilgan. Kumbulla yozda boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Aslida Kumbulla A Seriyaning boshqa klubi – “Verona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Avval uni bir mavsum ijarada o‘ynatgan rimliklar o‘tgan yili yozda 26,5 million evro to‘lab, Kumbullaning transfer huquqini to‘liq sotib olgan edi.
Endi Marash o‘z imkoniyatlarini boshqa klubda sinab ko‘rishi mumkin. Manbalarning ta’kidlashicha, unga A Seriyaning o‘zidan takliflar tusha boshladi.
Hozircha 22 yoshli markaziy himoyachiga “Fiorentina” va “Torino” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom ettishiga qaramay, hozirda uning narxi arzolangan. Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt portali Kumbullani 18 million evroga baholamoqda.
Birortang Shomurodovga etolmadingku!
“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!
Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!
Fikrlar