“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!

  • 19 may, 2022, 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha mavsumdan beri Rossiya premer-ligasi chempionligi uchun kurashishi aytilayotgan Moskvaning “Spartak” klubi qaysi murabbiy va futbolchilarni olib kelishidan qat’i nazar o‘z maqsadiga erisha olmayapti.

Tecno

O‘tgan mavsumni “Zenit”dan keyin ikkinchi o‘rinda yakunlagan “spartakchilar” bu gal mavsum yakunlanishiga bitta o‘yin qolganda o‘ninchi pog‘onani egallab turibdi.

Klub rahbariyati yozda tarkibni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Rossiya matbuotining yozishicha, klub murabbiylar shtabi joriy mavsumni ijarada o‘tkazayotgan barcha legionerlardan voz kechish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan.

“Match TV”ning ma’lum qilishicha, yozda “Spartak” tarkibiga o‘n nafarga yaqin futbolchi ijaradan qaytadi. Bular himoyachi Ilya Gaponov (Rossiya), yarim himoyachilar Oston O‘runov (O‘zbekiston), Gus Til va Yorrit Xendriks (Niderlandiya), Aleks Kral (Chexiya), Maksim Glushenkov (Rossiya), hujumchilar Esekel Ponse (Argentina), Pedro Rosha (Braziliya) va Jordan Larsson (Shvetsiya).

1604212209_oston-ururnov-680x420

Yuqoridagi ro‘yxatga tushgan legionerlarning aksariyati nufuzli jamoalarda o‘ynamoqda. Xususan, Kral “Vest Xem”da, Ponse “Kadis”da, Rosha “Atletiko Paranaense”da, Larsson AIKda, Til va Xendriks “Feyenoorl”da asosiy tarkib o‘yinchilaridan hisoblanadi.

Mavsum davomida jarohati xalaqit qilgan Oston O‘runov ham  “Ufa” safida chempionat oxirida ishonchli ko‘rsatada boshladi va keyingi bellashuvrni boshlang‘ich tarkibda boshlayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Shunga qaramay, “Spartak” boshqa klublardan qaytadigan legionerlarning barini sotib yuborishni mo‘ljallamoqda. Xususan, Oston O‘runov ham o‘ziga yangi jamoa topishi kerak bo‘ladi.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Spartak” mutasaddilari Oston O‘runov “Ufa”dan ijaradan qaytganidan keyin legionerimiz bilan individual suhbat o‘tkazadi. Mavzu ham aniq. Moskvaliklar boshqa kerak bo‘lmay qolgan legionerlar kabi o‘zbek futbolchisiga o‘ziga yangi ish joyi topishni taklif qiladi.

“Spartak”ning bu qarorga kelishida klub xo‘jayini Leonid Fedunning moliyaviy ahvoli keskin yomonlashgani asosiy omil sifatida tilga olinmoqda. Rossiya matbuoti Fedun ruslarga qo‘llanayotgan sanktsiyalar tufayli boyligining 80 foizidan ayrilganini bong urmoqda. Pul bo‘lma-sa, sifatli legionerlar ham o‘ynamaydi.

Moskvaliklar legionerlari sotib, klub byudjetiga pul tushirishni mo‘ljallab turibdi. Legioner orasida Oston O‘runovga yangi ish joyi topish qiyin bo‘ladi. Aslida “Ufa”da yozgi transferlar vaqtida o‘zbek futbolchisining transferini 1 million evroga to‘liq sotib olish huquqi bor.

Biroq, “Ufa” sport direktori Shamil Gazizov bu transferni amalga oshirish uchun eng kamida klub premer-ligadagi o‘rnini saqlab qolishi talab etilishini ma’lum qildi. Afsuski, hozir 15-pog‘onada turgan ufaliklar quyi ligaga tushib ketmasligi oxirgi turda Qozonda “Rubin”ni engishi kerak bo‘ladi. Qozonliklar ham bo‘lajak uchrashuvdagi mag‘lubiyat ularni pastki ligaga otib yuborishini anglab turgan holda, g‘alabani Ostonovning vaqtinchalik jamoasiga berib qo‘ymasa kerak.

large_10

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili yozda Oston O‘runovga Vengriyaning “Farentsvarosh” klubidan jiddiy taklif bo‘lgani haqida xabar berilgan va tomonlar maosh masalasida kelisha olmagani uchun bu transfer amalga oshmagani aytilgandi.

Oston O‘runovning “Spartak” bilan amaldagi shartnomasi yana uch mavsum davom etadi. Agar yozda unga xaridor chiqmasa, moskvaliklar legionerimizni Milliy futbol ligasidagi ikkinchi jamoasiga jo‘natib yuborishi mumkin.

Shomurodovga “Roma”ni Evropa ligasiga olib chiqish imkoni beriladi!

"Olimpiko"dagi so‘nggi golni urgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Legionerimiz o‘ziga Evropaning kuchli ligalariga yo‘l ochmoqda!

“Roma”ning po‘stagini qoqamiz!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!